"Ertaklar -yaxshilikka yetaklar"
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. Maktabgacha ta'limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Aholi hamda yoshlarni kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda bilim saviyasini har tomonlama oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim muassasalarida "Ertaklar -yaxshilikka yetaklar" loyihasi doirasida ovozli o'qish o'tkazib kelinmoqda. Bugun Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Kinder Garden" nomli MTMga tashrif buyushdi. Maktabgacha ta'limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o'qishga tayyorlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.