,,Ertaklar olamiga sayohat ʼʼ
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida 8-sonli DMTT bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchi bolalar ishtirokida ,,Ertaklar olamiga sayohat ʼʼ nomli tadbir oʻtkazildi.Tadbirda bolalarga kutubxonamizning ertak kitoblari tanishtirildi va rasmli ertak qahramonlarini taniysizmi deb nomlangan viktorina oʻyini hamda uch ogʻayni botirlar ertak kitobi yoritib berildi. Shuningdek bolajonlar shashka, shaxmat o'yinlarini ham oynadilar. Bolalar bu tadbirdan oʻzgacha zavq oldilar. Tadbirda 48 nafar tarbiyalanuvchi bolalar ishtirok etdilar.