"Ertaklar olamiga sayohat"
Joriy yilning 25-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat"shiori ostida "Ertaklar olamiga sayohat" mavzusida "Nihol" nomidagi 8- sonli MTT dagi tarbiyalanuvchi bolalar ishtirokida kutubxonaga sayohat tashkil qilindi. Kutubxonaga sayohat davomida "Pinokkioning sarguzashtlari" nomli kitobga sharh berib o'tildi. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lishdir, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir.