"Ertak terapiya"
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassislari tomonidan 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Yulduzcha" nomli NMTT tarbiyalanuvchilari orasidan "Ertak terapiya" loyixasi asosida ertak qahramonlari rasmi tasvirlangan qutilarni biriktirib, ertak qahramoni rasmini gavdalantirish, topishmoq topish, tez aytish o'yini tarbiyalanuvchilar ishtirokida shartlari bilan yanada qiziqarli tashkil etildi. Yulduzcha NMTT tarbiyalanuvchi bolajonlarga "Uch bahodir va taxt vorisi" ertak kitobidan "Qirol she'r" ertagini o'qib eshittirdi hamda kitob targ'iboti o'tkazildi. "Yulduzcha" nomli NMTT tarbiyalanuvchilari orasidan eng zukko bolajonlarga Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.