"Ertak terapiya"
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassislari tomonidan Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag'ishlab kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Ertak terapiya" loyixasi asosida ertak qahramonlari rasmi tasvirlangan qutilarni biriktirib, ertak qahramoni rasmini gavdalantirish, topishmoq topish, tez aytish o'yini hamda tarbiyalanuvchilar ijrosidagi go'zal kuy-qo'shiqlarga raqs ijro etib berish kabi shartlari bilan yanada qiziqarli tashkil etildi. 1-NMTT tarbiyalanuvchi bolajonlarga "Uch bahodir va taxt vorisi" ertak kitobidan "Qirol she'r" ertagini o'qib eshittirdi hamda kitob targ'iboti o'tkazildi. "Zukko bolajon" nomli 1-NMTT tarbiyalanuvchilari orasidan eng zukko bolajonlarga Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.