“Erk va qudrat timsoli”
2024-yil 2-iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Zomin tuman Muzeyi bilan hamkorlikda ko'rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan “Erk va qudrat timsoli” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
📌 O‘zbekiston mustaqilligining birinchi kunlaridanoq Davlat gerbi, bayrog‘i, madhiyasi va mamlakat milliy valyutasiga ega bo‘ldi.
📚 Ko‘rgazmada “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri aks ettirilgan, uning yaratilish tarixi va ta'rifi bayon etilgan nashrlar va ilmiy maqolalar, gerb tasvirini o‘rganishga oid manbalar, davlatimiz gerbi to‘g‘risida yozilgan publisistik maqolalar, she'rlar, ocherklar o‘rin olgan.
🔍 Ko‘rgazma bilan tanishar ekansiz, O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, Davlat ramzlarining shakllanishi hamda ularning ahamiyati va mohiyati haqida ko‘plab qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.