"Eng yaxshi musavvir" ko'rik tanlovi''.
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Ozod yurt timsoli'' mavzusida "Eng yaxshi musavvir" ko'rik tanlovini tashkil etildi. Tanlovda 12-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi. Tanlov ishtirokchilari o'z ijodiy ishlari bilan qatnashishdi. Ko'rik tanlov ko'taringki ruhda o'tkazildi. Tadbir yakunida ko‘rik tanlov g‘olibi aniqlanib, ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va tashakkuromalar bilan taqdirlandilar.