“Eng yaxshi maktab”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik ma’daniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosida "Eng yaxshi kitobxon maktab" mavzusida tadbir bo'lib o’tdi. Tadbirda 75-umumta'lim maktab, 24 umum ta'lim maktab, 12 umum ta'lim maktab hamda 15 umumta'lim maktab o'quvchilari qatnashishdi. O'quvchilar o'zaro bosh qotirma va shox va mot o'yinlari bilan bellashishdi. Tadbirda 75-umum ta'lim maktabi o'quvchilari g'olib bo'lishdi. Tadbirda g'olib bo'lgan jamoa Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.