"Eng yaxshi kitobxon ona va bola"
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10-apreldagi majlisi 14-sonli bayoni hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2023 yil 18-apreldagi 26-son buyrug'i ijrosi ta'minlash hamda oilalar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida joriy yilning 19- dekabr kuni Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosida "Eng yaxshi kitobxon ona va bola" mavzusida tadbir bo'lib otdi. Tadbirni Zomin tuman Axorot-kutubxona direktori Anvarova Nargiza Odiljonovna ochib berdi shu o'rinda kitobxonlarga kitobning orni jamiyatda qanchalk muhim ekanligi haqida gapirib o'tdi. Tadbirda mahalladagi oilalar o'zaro bellashib o'zlarini bilimlarini sinab ko'rishdi. Tadbirda Oq tepa MFYda istiqomat qiladigan Aripovlar oilasi, Qo'rg'on MFYda istiqomat qiladigan Umarovlar oilasi, Qayirma MFYda istiqomat qiladigan Muxtorovlar oilasi tadbirda faol qatnashishdi. Bellashuvda Umarovlar oilasi 1 o'rin, Aripovlar oilasi 2 o'rin, Muxtorovlar oilasi 3 o'rinni egallashdi. G'olib bo'lgan "Eng yaxshi kitobxon ona va bola" tadbiridagi oilalar Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
https://telegra.ph/Eng-yaxshi-kitobxon-ona-va-bola-12-19