"Eng yaxshi kitobxon oila".
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10-apreldagi majlisi 14-sonli bayoni hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2023 yil 18-apreldagi 26-son buyrug'i ijrosi ta'minlash hamda oilalar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida joriy yilning 22-noyabr kuni Zomin tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosida "Eng yaxshi kitobxon oila" ko'rik-tanlovi tashkil etildi. Ko'rik-tanlovda G'afur G'ulom MFYda yashovchi Muxtorovlar oilasi, Qayirma MFYda yashovchi Haydarovlar oilasi, Bog'ishamol MFYda yashovchi Aripovlar oilasi, Qo'rg'on MFYda yashovchi Ibrohimovlar oilasi o'zaro kuch sinashdi. Tanlovda Qayirma MFYda yashovchi Haydarovlar oilasi g'olib bo'ldi. G'olib bo'lgan oila axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.