"Eng yaxshi kitobxon oila".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi "Xotin-qizlar o'rtasida radikallashuvning oldini olish, ularning ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 14-sonli majlis Bayoni asosida tashkil qilinadigan "Eng yaxshi kitobxon oila" ko'rik tanlovi rejasi asosida o`tkazilayotgan "Eng yaxshi kitobxon oila" ko'rik tanlovi. 15 may kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G'afur Gulom MFY idorasida sektorlar bosqichi bo'lib o'tdi. Tadbirda uchta sektordagi oilalar o'zaro kuch sinashdi. Beruniy MFYdan Hamdamovlar oilasi, Turkman QFYdan Begimqulovlar oilasi hamda G'afur G'ulom MFYdan Muxtorovlar oilasi tadbirga faol qatnashishdi. Tadbirda "Eng yaxshi kitobxon oila" ko'rik tanlovida Beruniy MFYda yashovchi Hamdamovlar oilasi g'olib deb topildi. G'olib bo'lgan oilaga Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari hamda faxriy yorliq bilan mukofotlandi.