"Eng yaxshi kitobxon oila".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi "Xotin-qizlar o'rtasida radikallashuvning oldini olish, ularning ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 14-sonli majlis Bayoni asosida tashkil qilinadigan "Eng yaxshi kitobxon oila" ko'rik tanlovi rejasi asosida o`tkazilayotgan "Eng yaxshi kitobxon oila" ko'rik tanlovi 11 may kuni Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosida "Eng yaxshi kitobxon oila" mavzusida tadbir bo'lib otdi. Tadbirda G'afur G'ulom MFYda yashovchi Muxtorovlar oilasi, Qayirma MFYda yashovchi Latipovlar oilasi, Bog'ishamol MFYda yashovchi Maripovlar oilasi o'zaro kuch sinashdi. Tadbirda Qayirma MFYda yashovchi latipovlar oilasi g'olib bo'ldi. G'olib bo'lgan oila Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.