"Eng yaxshi kitobxon oila".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 4 kunida joriy yilning 13-aprel kuni Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosida "Eng yaxshi kitobxon oila" mavzusida tadbir bo'lib otdi. Tadbirda G'afur G'ulom MFYda yashovchi Muxtorovlar oilasi, Qayirma MFYda yashovchi Haydarovlar oilasi, Bog'ishamol MFYda yashovchi Aripovlar oilasi, Qo'rg'on MFYda yashovchi Ibrohimovlar oilasi o'zaro kuch sinashdi. Tadbirda Qayirma MFYda yashovchi Haydarovlar oilasi g'olib bo'ldi. G'olib bo'lgan oila Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.