"Eng yaxshi kitobxon maktab".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 4 kunida joriy yilning 13-aprel kuni Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosida "Eng yaxshi kitobxon maktab" mavzusida tadbir bo'lib otdi. Tadbirda 8 umumta'lim maktab, 24 umum ta'lim maktab, 12 umum ta'lim maktab hamda 15 umum ta'lim maktab o'quvchilari qatnashishdi. O'quvchilar o'zaro bosh qotirma va shox va mot o'yinlari bilan bellashishdi. Tadbirda 15 umum ta'lim maktabi o'quvchilari g'olib bo'lishdi. Tadbirda g'olib bo'lgan jamoa Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.