"Eng yaxshi kitobxon mahalla".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 3 kunida joriy yilning 12-aprel kuni Zomin Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Eng yaxshi kitobxon mahalla" mavzusida mahallalar aro bellashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda Xamza MFY, G'afur G'ulom MFY, Beruniy MFY, Taraqqiyot MFY lari faol qatnashishdi. Tadbirda birinchi o'rinni Taraqqiyot mahallasi, ikkinchi o'rinni G'afur G'ulom mahallasi, uchinchi o'rinni Beruniy mahallasi egalladi. G'olib bo'lgan mahallalar Axborot-kutubxona markazi tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandi.Tadbirda kitob mutoalasi haqida berilgan ma'lumotlar yig'ilganlarga ma'naviy ozuqa bera oldi.