"Eng yaxshi ibratli oila".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi "Xotin-qizlar o'rtasida radikallashuvning oldini olish, ularning ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 14-sonli majlis Bayoni asosida tashkil qilinadigan "Eng yaxshi ibratli oila" ko'rik tanlovi rejasi asosida o`tkazilayotgan "Eng yaxshi ibratli oila" ko'rik tanlovi 16 may kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan hamda "Oila va xotin-qizlar bo'limi" bilan hamkorlikda G'afur Gulom MFYda joylashgan "Musiqa va san'at maktabida" sektorlar bosqichi bo'lib o'tdi. Tadbirda uchta sektordagi oilalar o'zaro kuch sinashdi.Tadbirda "Eng yaxshi ibratli oila" ko'rik tanlovida Oq tepa MFYda yashovchi M.Muxtorovlar oilasi ibratli oila deb topildi. G'oli bo'lgan ibratli oilaga Axborot-kutubxona markazi hamda "Oila va xotin-qizlar bo'limi" tomonidan esdalik sovg'alari va faxriy yorliq bilan mukofotlandi.