"Eng yaxshi hikoya”
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi hikoya” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari ishtirok etishdi. Tanlovi bo’yicha yozilgan barcha insholarni Zomin tuman -Axborot kutubxona markazi direktori N.Anvarova habda Yoshlar ittifoqi etakchisi J.Erkinov tomonidan yozilgan insholar tekshirib chiqildi. Tekshirish jarayonida inshoning barcha talablari hisobga olinib va quyidagi mezonlar bo’yicha tekshirildi:
1. Mustaqil fikr va original g’oyalar miqdori va sifati.
2. Imloviy xatolarning miqdori va sifati
3. Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
4. Grammatik xatolarning miqdori va sifati
5. Tinish belgilari bilan bog’liq xatolar miqdori va sifati
6. Fikrlarning mantiqan bog’langanligi hisobga olinadi.
Insholar tanlovi g‘olibi aniqlanib, ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va tashakkuromalar bilan taqdirlandilar.