“Eng faol kutubxonachi” tanlovi o‘tkazildi
“Eng faol kutubxonachi” tanlovi o‘tkazildi
Joriy yilning 9-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markizi hodimlari hamda Kelajak markazi hodimlari bilan hamkorlikda Kutubxonada kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kutubxonachilar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida kutubxonachilar o‘rtasida “Eng faol kutubxonachi” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z kasbiy mahorati, kitob targ‘iboti bo‘yicha olib borayotgan ishlari, innovatsion g‘oyalari hamda kitobxonlar bilan ishlashdagi tajribalarini namoyish etdilar.
Tadbir qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Tanlov yakunida faol ishtirok etgan kutubxonachilar munosib taqdirlanib, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.