“El adibi mangu ardoqda”
2023-yil 20-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan shoir yozuvchi dramaturg tanqidchi jamoat arbobi tarjimon nosir publitsist Abdulhamid Cho'lpon tavalludining 125 yilligi munosabati bilan “El adibi mangu ardoqda” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.Ushbu davra suhbatida Yoshlar markazida joylashgan "Ideal" o'quv markazi o’quvchilari ishtirok etishdi. Abdulhamid Cho'lpon hayoti va ijodi haqida o’qituvchilar o’z fikrlarini bildirib o’tishgandan so’ng, o’quvchilar tomonidan o’qib chiqqan asarlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Davra suhbati munozaraga boy tarzda o’tdi.
https://telegra.ph/El-adibi-mangu-ardoqda-deb-nomlangan-davra-suhbati-tashkil-etildi-11-20