El adibi mangu ardoqda
#El_adibi_mangu_ardoqda
Joriy yilning 13-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi hamkorligida atoqli adib va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludi munosabati bilan “Elning suyukli farzandi” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abdusattor Sodiqov Sharof Rashidov hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tadbir ishtirokchilariga aytib o’tdi. Shundan so’ng kursantlar ham adib hayotiga oid savollarga o’z bilimlariga tayangan holda javob berishdi. Davra suhbati mazmunli va qiziqarli mulohazalarga boy tarzda bo’lib o’tdi.