"El adibi mangu ardoqda".
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida 6-noyabr kuni davlat arbobi, shoir Sharof Rashidov tavalludining 106 yilligi munosabati bilan Zomin tuman axborot kutubxona markazi va Yoshlar markazida joylashgan "Liders" o'quv markazi bilan hamkorlikda " El adibi mangu ardoqda" nomli shior ostida "Murakkab va mashaqqatli davrning buyuk farzandi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Sharof Rashidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik va ma’ruza bilan qatnashdilar. O'quvchilar tomonidan Sharof Rashidovning qalamiga mansub she'rlaridan yod olindi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.