"Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz"
#Xalqaro_qizlar_kunida_Zakovat_2025
Joriy yilning 14-oktyabr sanasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari va Oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida 11-oktyabr "Xalqaro qizlar" kuni xaftaligi doirasida "Ideal" o'quv markazi oʻquvchi qizlari oʻrtasida "Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz" shiori ostida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi. Ushbu zakovat oʻyinida oʻquvchilar 3 ta jamoaga boʻlinib, oʻzaro bir birlarini sinashdi. Qizigʻin bahs-munozaralarga boy boʻlgan oʻyinda "Lider qizlar" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kirtishdi. Faol ishtirokchilarga diplom taqdim etildi. Ushbu zakovat intellektual oʻyinida 24 nafar faol oʻquvchilar ishtirok etdi.