“Dunyoni hayratda qoldirgan buyuklar” kitobi yuzasidan kitob taqdimoti
Joriy yilning 7-may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Dunyoni hayratda qoldirgan buyuklar” kitobi yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar hamda yoshlar ishtirok etib, asarda yoritilgan buyuk shaxslarning hayoti, faoliyati va insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar kitobdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li yoshlar uchun muhim tarbiya maktabi ekani ta’kidlandi. Tadbir savol-javoblar va fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tkazilib, kitobxonlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.