Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt
#Vatan_yagonadir
#Qudratimiz_birlikda
O‘zaro qo‘shnichilik va millatlararo totuvlik — turli millat va madaniyatlar o‘rtasidagi hurmat va hamjihatlikka asoslanib, insoniylikni yuksaltiruvchi oliy qadriyatlar mujmuidir.
Ayni vaqtda Zomin tumanining Duoba mahallasida millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi direktori N. Anvarova boshchiligida kutubxona xodimlari bilan birgalikda o'z kitob ko'rgazmalari bilan faol qatnashishdilar. "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri katta sayilga aylanib ketti. Bayram tadbiriga tashrif buyurganlar o‘zbek va qo‘shni xalqlarning o‘ziga xos milliy anʼana va qadriyatlarini tarannum etuvchi ko‘rgazmalar va kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo'lishib, iliq taassurotlar olmoqdalar.