Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt
#Zomin_tumani #Vatan_yagonadir #Qudratimiz_birlikda
Zomin tumanining Turkman mahallasi – bu millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan go‘zal bir namunadir. Yurtimizda bo‘lib o‘tgan tadbirlar, an’anaviy bayramlar va ma’naviy uchrashuvlar, millatlararo hamjihatlik va madaniy boyliklarni yanada keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Turkman mahallasida bo‘lib o‘tgan tadbir shularning yorqin namunalaridan biridir. Shu jumladan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi direktori N. Anvarova boshchiligida kutubxona xodimlari bilan birgalikda o'z kitob ko'rgazmalari bilan faol qatnashishdilar. Zomin tumanidagi Turkman mahallasida o‘tkazilgan bayram tadbiri "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida tashkil etildi. Ushbu tadbir, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, turli xalqlar o‘rtasida do‘stlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan edi. Tadbir doirasida o‘zbek va qo‘shni xalqlarning milliy an’analarini, qadriyatlarini tarannum etuvchi ko‘rgazmalar va madaniy dasturlar tashkil etildi