"Do'stlik karvoni"
Do’stlik- insonlarni yaqinlashtiruvchi, millatlar va davlatlar o’rtasidagi mustahkam hamkorlikni yuzaga keltiruvchi omillardandir. Ayniqsa, do’stlikni yanada mustahkamlash borasida xalqaro tashkilotlarning samarali say-harakati tahsinga loyiq. Bu borada so’z yuritganda BMTni alohida takidlash joiz. Zero, mazkur tashkilot ko’p yillardan buyon davlatlar, millatlar o’rtasidagi hamjihatlikni yanada rivojlantirishda bosh-qosh bo’lib kelmoqda. Xususan, 2011 yilning 27 aprelida BMT Bosh Assambleyasida 30 iyulni Xalqaro do’stlik kuni sifatida nishonlash taklifi ilgari surilib, u bir ovozdan qo’llab-quvvatlangan edi. Aytish joizki, Xalqaro do’stlik kuni - dunyodagi eng yosh bayramlardan biri hisoblanadi. Shu jumladan Jizzax viloyati Zomin tuman Markaziy sayilgoh hududida 30-iyul "Xalqlar do'stligi kuni" tantanali nishonlandi. Bayram tadbirida tuman Hokimligi va tuman tashkilot va idora rahbarlari, mahalla va xotin-qizlar faollari hamda Zomin Axborot-kutubxona markazi xodimlari, tumanda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari ishtirok etishdi. Bayram so'ngida tadbirda ishtirok etgan bir guruh faollarga tuman hokimi tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg'alari topshirildi.