Dislokatsiya amalda.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tehnikumi kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Bundan maqsad kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish, uslub almashish, tadbirlarda hamkorlik qilishdan iborat. Kutubxonaning faoliyatini o'rganish Zomin TAKM tomonidan tuzilgan dislokatsiya tartibi asosida tashkil etildi. Bunga ko'ra kutubxonada obuna va o'qish zali mavjud. Kutubxona profiliga qarab, uning tarkibiga qo'shimcha ravishda quyidagilar kirishi mumkin: davriy nashrlar uchun o'qish zali, elektron nashrlar uchun o'qish zali, badiiy va o'quv-uslubiy adabiyotlar o'qish zali kabilardir. Har ikkala tashkilot mutaxassislari metodik uslub almashishni o'quv zalida tashkil etdilar. Kelgusi faoliyatlarida hamkorlikni kelishib oldilar.