“Direktor sovrini 1” onlayn loyihasiga start berildi
🔈 #DIQQAT_EʼLON‼️
Hurmatli kitobxonlar!
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Direktor sovrini 1” onlayn loyihasiga start berildi!
📚 Loyiha doirasida 4 ta tanlangan kitoblar:
1. Oybek "Qutlug' qon"
2. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
3. Xudoyberdi To'xtaboyev "Sariq devni minib"
4. Cho'lpon "Kecha va kunduz"
ushbu kitoblar asosida qiziqarli savollar tuzilib, bilimdon va faol kitobxonlarga havola etiladi.
💎 Loyihaning maqsadi:
➖ Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
➖ Mutolaa orqali tafakkurni rivojlantirish
➖ Eng faol va bilimli kitobxonlarni rag‘batlantirish
📌 Ishtirok etish uchun:
➖ Belgilangan 4 ta kitobni o‘qing!
➖ Testda ishtirok eting!
➖ Savollarga javob bering!
➖ Har bir kitobxon o'zlari sevib mutolaa qilgan kitoblarni boshqalarga ham ulashish maqsadida bir nusxadan axborot-kutubxona markazi fondiga sovg'a tariqasida taqdim etishingiz talab etiladi!
➖Loyihada qatnashish istagida bo'lgan kitobxonlar Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga a'zo bo'lishlari shart!