Davra suxbati
2024 yil 2 dekabr kuni Zomin tumanida joylashgan harbiy qismga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo’linmasi mutaxassisi D.Artikova, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Zomin tumani Kengashi raisi Mamatqulov Rahmonqul Hujumovich, tuman axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari Surayyo Muxtorova, Harbiy qism Tarbiyaviy-mafkuraviy ishlari bo’yicha bo’lim boshlig’i Sardor Otaqulovlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tashrifdan maqsad O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan ushbu hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirish va bugungi Yangi O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ulkan siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirish. Davra suxbatida 48 nafar harbiy qism jamoasi ishtirok etdilar. Davra suxbatida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.