Davra suhbati
Zomin tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romanining 105 yilligi munosabati bilan kitob ko'rgazmasi tashkil qilinib Zomin kutubxona markazida yosh kitobxonlar o'rtasida davra suhbati o'tkazildi. Mehrobdan chayon— oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzui 19-asr hodisalari — „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan.