"Davlat gerbi-iftixor ramzi"
O'‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbining 30 yilligi munosabati bilan diyorimizning barcha joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinmoqda. Davlat ramzlari ona Vatan kabi aziz va muqaddas. Ularda xalqning tarixi, bugungi va kelajagi o’z ifodasini topgan. Ramzlar va timsollar hamma vaqt ham milliy vositalar hisoblanib kelgan. Ular xalqning tarixi, ruhiyati, an’analari bilan chambarchas bog’liq. Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30-yilligi munosabati bilan "Davlat gerbi-iftixor ramzi" mavzusida "Zomin" bolalar oromgohida davra suhbati o'tkazildi. Davlatimiz gerbining qanotlarini keng ochgan ozodlik, tinchlik ramzi Humo qushi misolida yurtimiz yuksaklarga parvoz etayotgani aks etgan bo’lsa, chanoqlarida paxtalari ochilgan g’o’za va bug’doy boshoqlari orqali tuprog’imizning qanchalik unumdor ekanligi tasvirlangan. Davlatimiz ramzlari o’zbek xalqlarining shon-sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasini va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bolalar bilan davra suhbati qiziqarli va mazmunli o'tdi.