“Central Asia – 2025”
“Central Asia – 2025”: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasi doirasida axborot-kutubxona sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan, ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir qator soha mutaxassislarini “Axborot-kutubxona a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlanganlar orasida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati rahbari Shaxobiddinova Vasila Qaxramonovna ham taqdirlandi. Ularni yuksak mukofot bilan tabriklaymiz va ularga ezgu tilaklar tilab qolamiz.