“Central Asia – 2025”
2025-yil 15–may kuni Farg‘ona shahrida “Central Asia – 2025”: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari vakillari va xorijlik mehmonlar konferensiya ishtirokchilarini qutladilar, mazkur anjumanning dolzarbligini qayd etdilar, uning taraqqiy etayotgan jamiyatimizda mohiyati haqida fikr bildirdilar,hamda anjuman ishiga omad tiladilar.
Tadbir davomida Farg‘ona viloyatida axborot-kutubxona sohasi rivojiga, aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida qo‘shib kelayotgan hissasi uchun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Axborot kutubxona a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.