Central Asia 2025
#Central_Asia_2025
Axborot-kutubxona markazlarida milliy kutubxona tizimidagi axborot kutubxona markazlarining mutaxassislari bilan tahliliy-tanqidiy taqdimot bo’lib o’tdi va barcha markazlar faoliyati o‘rganildi.
Maxsus dastur doirasida Milliy axborot-kutubxona markazlari soha mutaxassislarining faoliyatini tahliliy va tanqidiy taqdimotida faoliyatlarining xato va kamchiliklari oʻrganildi. Tadbir davomida mavjud muammolar, tizimda uchrayotgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ularni bartaraf etish yo‘llari, faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi. Kutubxonachilik sohasida olib borilayotgan islohotlar, joriy yangiliklar va innovatsion yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.