“Central Asia – 2025”
#Central_Asia_2025
✅ 2025-yil 16-may kuni “Central Asia – 2025”: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasi doirasida sho‘balar bo‘yicha yakuniy hisobotlar tinglandi va eng yaxshi ma'ruzachilar aniqlandi.
📝 Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva yig‘ilishni olib borar ekan,barcha ma'ruzachilar dolzarb mavzular tanlab, ularni kasbiy yondoshuv bilan yoritib berganliklarini e'tirof etdi. Barcha ma'ruzalar mazmunli va ko‘rgazmali ravishda, zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llangan xolda slaydlarda taqdim etildi.
📝 Sho‘'balar moderatorlari ma'ruzalarni dolzarbligi, mohiyati va ularni taqdim etilishiga ko‘ra tahlil qilib, sho‘'balar bo‘yicha o‘z xulosalarini e'lon qildilar.