“Central Asia – 2025”
2025-yil 14-may kuni “Central Asia – 2025”: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasi oldidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning maqsadi haqida so‘z borar ekan, axborotlashtirish va kutubxonachilik yo‘nalishida, fan, ta'lim, madaniyat va biznes sohalarini rivojlantirishda internet va elektron axborot resurslarini o‘rni beqiyosligi ta'kidlandi, konferensiya ishtirokchilar uchun axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, innovasion uslub va texnologiyalar bo‘yicha fikrlar almashish, kutubxona muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadigan maydonchaga aylanishi ko‘zda tutilayotgani aytib o‘tildi.