Buyuklarni yod etib
Joriy yilning 10-aprel sanasida Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Tafakkur gulshani" kitobxon klubi a'zolari ishtirokida Abdulla Qodiriy tavalludiga bag'ishlab "Buyuklarni yod etib" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda gavdalanadi.