"Buyuklarni yod etib".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 3 kunida joriy yilning 12-aprel kuni Zomin Axborot kutubxona markazi xodimlari Yoshlar Ittifoqi faollar zalida yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) tavalludining 145 yilligi munosabati bilan "Buyuklarni yod etib" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirni tuman hokimligi ma'naviyat va marifat ishlari bòlimi hamda Zomin Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorlikda tadbir tashkil qilindi. Tadbirda tumanimiz ijodkorlari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zosi Abdusattor Sodiqov bilan Sharq tongi muharririyati bosh muharriri Exson Mirzo bilan birgalikda tadbirni ochib berdi. Tadbirda 15 umum ta'lim maktabi o'quvchilari faol qatnashishdi. Tadbir qiziqarli va mazmunli o'tdi.