Buyuk siymolar
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9225-harbiy qism harbiylari ishtirokida "Buyuk siymolar" mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir buyuk davlat arbobi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Tadbir davomida Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridan kitoblar namoyish etilib, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Harbiylar buyuk sarkardaning hayotidan ilhomlanib, uning Vatanga bo‘lgan sadoqati va shijoati haqida fikr almashdilar. Ushbu uchrashuv yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.