"Buyuk sevgi armoni...?"
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Rauf Parfi - shoir, tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri (1999), Mahmud Qoshg‘ariy nomli xalqaro mukofot laureati (1989), Turkiyа Davlat adabiyot mukofoti laureati (1996). Tahallusi Uzturk.
Isyonkor iste’dodli va taqdirli shoir. 1943 yil 27 sentabr kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Sho‘rali shaharchasida oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan. Otasi Muhammad Amin Parfi (1893-1955) va onasi Sakina Isabek (1913-1995) butun umrini ona qishlog‘ida o‘tkazishgan. Maktabni tugatib, 1960-1965 yillar Toshkent Davlat universitetida o‘qigan (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitet).
Rauf Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini yakunlagan.
1991 yildan hukumat boshqaruvchilar bilan “nizo” sababli, Parfi sakkiz yilga, deyarli adabiyotdan chetlashtiriladi. 1999 yil kutilmaganda O‘zbekiston xalq shoiri sharafiga loyiq topiladi. Umrining so‘nggi yillari Parfi kitob sotib, tirikchilik qiladi (kitob bilan savdo qiluvchi do‘stlari unga noyob kitoblar izlashni topshiradi, u esa ularni izlaydi). Hurmatga sazovor bir nechta senariy yozgan - birortasi amalga oshmagan.
1989 yilgacha 8 ta she’riy kitobi nashrdan chiqqan. To‘qqizinchi va tirikligidagi so‘nggi kitobi 2000 yil, shoirga sharafli unvon topshirilgandan so‘ng chiqqan.
"Buyuk sevgi armoni...?" mavzusida davra suhbati hamda kitob rasmli kòrgazma tashkillashtirildi.