"Buyuk qomusiy olim" Abu Rayhon Al-Beruniy.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-sonli farmoyishi chora-tadbirlari rejasi asosida “Buyuk qomusiy olim” mavzusida 25 iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan astronomiya, matematika va boshqa ko'plab qomusiy asarlar muallifi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan yosh kitobxonlar davrasida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida kutubxona hodimlari Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi haqida uni bosib o'tgan hayot yo'llari qilgan ishlari haqida yosh kitobxonlarga gapirib o'tdilar. Beruniy zamonasining qator fanlari: astranomiya, fizika, matematika, tarix.... kabilarni chuqur o'rgandi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Yosh kitobxonlarga Beruniyning hayoti va yozgan asarlari haqida o'qib eshitirdi. Davra suhbati qiziqarli va maroqli o'tdi.
https://telegra.ph/Buyuk-qomusiy-olim-Abu-Rayhon-Al-Beruniy-07-26