“Buyuk qomusiy olim”
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish bo’yicha “Buyuk qomusiy olim” mavzusida 19 dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan astronomiya, matematika va boshqa ko'plab qomusiy asarlar muallifi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan Yoshlar itiffoqi markazida o'qiyotgan yosh kitobxonlar davrasida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida kutubxona hodimlari Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi haqida uni bosib o'tgan hayot yo'llari, qilgan ishlari haqida yosh kitobxonlarga gapirib o'tdilar. Buyuk vatandoshimiz Xorazmning aziz farzandi, ulug’ olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati avlodlarga shunday ta’sir qiladiki, uning asarlarini o’qigan kitobxon o’zini asarning ichiga tushib qolgandek his qiladi va asarlar ichidagi ilm sadaflaridan unumli foydalanishga harakat qiladi. Beruniy zamonasining qator fanlari: astranomiya, fizika, matematika, tarix.... kabilarni chuqur o'rgandi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Yosh kitobxonlarga Beruniyning hayoti va yozgan asarlari haqida o'qib eshitirdi. Davra suhbati qiziqarli va maroqli o'tdi.