"Buyuk davlat arbobi, ulugʻ sarkarda"
#Maʼrifat_ulashib
#Kitob_targiboti
✅Joriy yilning 3 fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda RMMM Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda Jumaboy Rahimov qalamiga mansub "Buyuk davlat arbobi, ulugʻ sarkarda" kitob targ'iboti tashkil etildi.
✅Amir Temur — buyuk sarkarda va dono davlat arbobi bo‘lgan. U kuchli iroda, temir intizom va yuksak tafakkur egasi sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Temur nafaqat jang maydonida mag‘lubiyatni tan olmagan, balki adolat va tartibni davlat boshqaruvining asosiga aylantirgan hukmdor edi. Uning “Kuch — adolatda” degan shiori butun faoliyatini ifodalaydi.
✅U ilm-fan, me’morchilik va madaniyatni yuksak qadrlagan: Samarqandni dunyoning eng go‘zal va nufuzli shaharlaridan biriga aylantirdi. Amir Temur o‘z davrida kuchli imperiya barpo etib, xalqning sha’ni va davlatning qudratini himoya qila olgan buyuk siymo sifatida bugun ham faxr bilan eslanadi.