"Buyuk ajdodlar merosi bebaho xazinadir".
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Milliy Gvardiya Jizzax mintaqaviy òquv markazida 100 nafar yoshlar uchun "Buyuk ajdodlar merosi bebaho xazinadir" mavzusida intelektual òyini bòlib òtdi. Jizzax viloyati harbiy ma'muriy sektori, Markaziy harbiy okrug qòmondonligi, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlari, Òzbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan Zomin tumanidagi harbiy qismda "Yosh Vatanparvarlar yiģini" loyihasi asosida 18-25 yosh atrofidagi 100 nafar yoshlar 3 kun muddatda jangovar , sport òyinlari , ma'naviy -ma'rifiy tayyorgarlik hamda kasbga yònaltirish bòyicha mashģulotlarga jalb qilinadi. Bu yerda harbiy fanlardan tashqari, yigitlarni kasbga yònaltirish bòyicha yetakchi mutaxasssislar hamda Zomin kutubxona markazi xodimlari tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi Yosh vatanparvarlar oromgohida "Buyuk ajdodlar merosi bebaho xazinadir" mavzusida intelektual òyini òtkazildi. "Buyuk ajdodlar merosi bebaho xazinadir" intelektual òyini qiziqarli tarzda òtdi. G'olib bòlgan jamoa Tashakkurnoma hamda estalik sovģalar bilan taqdirlandilar.
https://telegra.ph/Buyuk-ajdodlar-merosi-bebaho-xazinadir-06-08