"Buvijonim ertaklari"
2022-yil 10-avgust kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari F.Mamatqulova, Z.Azimova va I. Egamberdiyevalar tumandagi "Tinchlik" nomli 3-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga ma'naviy-ma'rifiy kecha tashkil etishdi. Kechada “Buvijonim ertaklari” loyihasi bo’yicha “Ertaklar olamiga sayohat” nomli davra suhbatlari hamda o‘zbek xalq ertaklaridan namunalar o‘qib berildi. Bolajonlar o'z raqslari bilan kechaga ko'taringki kayfiyat bag'ishladi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga tashrifdan maqsad- bolajonlarning kitobga bo`lgan qiziqishlari yanada oshirish va kitobga bo'lgan mehrini uyg'otishdir.