"Bulling nima" mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 20 mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Ma'naviyat markazi tuman bo'linmasi xodimi hamkorligida "Ibrat" o'quv markazi o'quvchilariga "Bulling nima" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati davomida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abdusattor Sodiqov Bulling -bu zo'ravonlik, majburlash haqoratli so'zlar bilan masxara qilish, tajovuskorlik qilish yoki dominantlikdan qo'rqitish uchun foydalanish ekanligini aytib o'tdi. O'quvchilar o'tasida bulling turlari haqida savol javolar o'tkazilib faol o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.