"Bolalarga bering dunyoni mavzusida" mavzusida kitob kòrgazma
2023 yil 31 yanvar kuni Zomin tuman axborot -kutubxona markazi Fondlarni saqlash budkash va ularga ishlov berish xizmati hodimlari F. Sattarova, M. Umarovalar tomonidan aholini kitobxonlikka jalb qiqilish maqsadida "Bolalarga bering dunyoni mavzusida" Yoshlar markazi binosida kitob kòrgazma tashkil qilindi.
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon - qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi.
Shu ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Chunki yosh avlod hayotidan zamonaviy texnika va texnologiyalar ko‘proq o‘rin olib, ularning kompyuter, telefon va shu kabilarga qiziqishi kuchayib bormoqda.