"Bolalarga bering dunyoni"
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, hayotimiz mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qush kabidir.
Yozning 1-kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili o‘zgacha ruhda nishonlanadi.
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bugungi "Bolalarga bering dunyoni" mavzusida bayram munosabati bilan turkum tadbirlar tashkil etmoqda