Bolalarga bering dunyoni
Ertaklar yaxshilikka yetaklar deydi dono xalqimiz. Bolajonlarni katta hayot maktabiga tayyorlaydigan, ularni hali o‘zlari tasavvur qilmagan ezgu bir olamga eltuvchi, ularga hamisha xayolan hamroh bo‘luvchi ham aynan ertaklardir. Tashkilotimizda beg'ubor bolajonlarimiz qalbida ertaklar yaxshilikka yetaklar ezgu maqsadi yoʻlida kitobga boʻlgan mehr qiziqish singdirib borilmoqda. Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bòyicha chora tadbirlar dasturining V-bòlimi 41-bandi yoshlar òrtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga "Kitobxon bolajon" mavzusida 6- maktabgacha ta'lim tashkilotidan tarbiyachilar hamda bolajonlar tashrif buyurishdi. Bolajonlarimizni kitobga bòlgan mehrini uyģotish maqsadida kubik-rubikdan ertak qahramonlarini shakilantirish musobaqasi uyushtirildi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxasissi M.Nuraliyeva, G.Fayzullayeva hamda S.Muxtorovalar tomonidan kutubxona haqida bolajonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi.