“Bolalar adabiyoti – ezgulik va bilim manbai” Kutubxonada “Bolalar adabiyoti – ezgulik va bilim manbai” mavzusida kitob ko‘rgazmasi
Joriy yilning 4-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Bolalar adabiyoti – ezgulik va bilim manbai”
Kutubxonada “Bolalar adabiyoti – ezgulik va bilim manbai” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad yosh kitobxonlarni bolalar adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining eng sara asarlari, ertaklar, hikoyalar va qiziqarli sarguzasht kitoblari namoyish etildi. Kitobxonlarga asarlar mazmuni haqida ma’lumotlar berilib, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazildi.